

Jamoalar bilan birgalikda muxlislar ham yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ra boshlashmoqda.
Bir necha yillardan beri O'zbekistonda har bir jabhada barchaga o'rnak bo'lib kelayotgan buxorolik muxlislar, xususan “Buxoro”ning fan-klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Yil davomida “Buxoro”ni har bir uchrashuvda stadiondan turib qo'llab-quvvatlab turishni xoxlovchilar fan-klub a'zosiga aylanishga oshiqishlari tabiiy. Fan-klubga muxlislarni qabul qilish davom etmoqda.
Ertaga, 28-yanvar kuni soat 14:00dan 16:00 gacha fan-klubga a'zo bo'lishni xoxlovchi barcha muxlislarni “Buxoro” sport majmuasiga taklif etamiz.
Muxlislar klubiga a'zo bo'lishni xoxlovchilar o'zlari bilan 2 dona 3x4 hajmdagi fotosurat va pasport nusxasini olib kelishlari so'raladi. Bu yig'ilishni yangi saylangan fan-klub raislari olib borishadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin:
+99890 612-34-52
+99890 299-65-56




