Bundesliganing birinchi davradagi eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?

Alisher
7 yanv 2020, 10:43
Kicker jurnali Germaniya chempionatining birinchi davradagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun Bundesliga futbolchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra birinchi o'rinni 44,7% ovoz olgan "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski egalladi. Ikkinchi o'rinda "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner (14,6%), uchinchi o'rinda esa Dortmundning "Borussiya" klubi vakili Jeydon Sancho (14,6%) qayd etildi. 

Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni Yan Zommer (38,9%) darvozabonlar orasida eng yaxshi deb topildi.

Levandovski bu mavsum Germaniya chempionatining 17 o'yinida 19ta gol urdi. 31 yoshli polyak o'z faoliyati davomida uchinchi marta Bundesliganing birinchi davradagi eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker