“Bavariya” futbolchisi La Ligaga qaytishi mumkin

2 apr 2020, 09:48
Xavi Martines Myunxen klubini tark etishga yaqin.

“Bavariya” xavbeki Xavi Martines yozgi transferlar vaqtida klub bilan xayrlashadi. Myunxenliklar Martinesni klubning kelajak rejalariga kiritmagan. “Xetafe” klubi esa Xavi uchun 8 mln evro to'lashga tayyor. Avvalroq futbolchini Ispaniyaga qaytarishga uning sobiq klubi “Atletik”ning ham tayyorligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Joriy mavsum futbolchi Bundesliga doirasida 12 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Germany