"Bavariya" "Ayaks"dan Antoniga va PSVdan Gakpoga qiziqmoqda. Birinchisi 32 mln evro, ikkinchisi 25-30 mln evro turadi

Alisher
25 iyul 2021, 09:48
"Bavariya" qanotlarni kuchaytirmoqchi.

Myunxenliklar PSV o'yinchisi Kodi Gakpoga va "Ayaks"dan Antoniga qiziqish bildirmoqda.

Eynxoven klubi 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun 25-30 million evro talab qilmoqda. "Bavariya"ga esa bu narx to'g'ri kelmayapti.

Amstyerdam jamoasi 21 yoshli braziliyalikni 32 million evroga baholamoqda. Tomonlar transfer imkoniyatini muhokama qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.sky.de