Aver Mabil: "Osiyo Kubogida bizga qarshi o'ynagan eng kuchli jamoa O'zbekiston bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2019, 14:46
Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Aver Mabil O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Bu uchrashuvda qanday bo'lmasin g'alaba qozonish kerak edi, chunki ushbu bosqichda bitta mag'lubiyat bilan musobaqani tark etishingiz mumkin. G'alabadan juda xursandman, jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatdi.

O'zbekiston terma jamoasi? Bu jamoa tashkillashgan o'yin ko'rsatdi, ammo penaltilar seriyasida omad bizga kulib boqdi. Ushbu Osiyo Kubogida bizga qarshi o'ynagan eng kuchli jamoa O'zbekiston bo'ldi deb o'ylayman. Keyingi turnirlarda ularga omad tilayman.

Penaltilar seriyasi? Ha, biz har qanday ssenariyga tayyor edik" - deydi Aver Mabil.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia