Arteta "Arsenal"ning evrokuboklardagi 28 yillik sovrinsiz ishtiroki haqida: "Uzoq muddat. Bu omadsiz seriyani buzishni xohlaymiz"

Оқил Абдубарноев
8 sen 2022, 22:23
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi bilan xalqaro maydonda sovrin yutishni xohlashini aytdi.

"Kanonirlar" o'z tarixida ikki bor evrokuboklarda zafar quchgan: dastlab 1969/70 yilgi mavsumda Yarmarka kubogiga ega chiqqan bo'lsa, 1994 yil Kubok egalari kubogida g'olib bo'lgan.

"Sovrinlarga ega chiqmaganimizga ancha vaqt bo'ldi. Biz bunday muvafaqqiyatsiz seriyaga yakun yasashni xohlaymiz. Buning uchun avval bo'lajak uchrashuvda g'olib bo'lishimiz va turnirni g'alaba bilan boshlashimiz shart", - deydi londonliklar ustozi.

Bugun "Arsenal" Yevropa ligasidagi yurishini mehmonda "Cyurix"ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv 21:45 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports