"Arsenal" qishda muhim futbolchilaridan birini sotib yubormoqchi

Alisher
8 noya 2019, 13:25
Londonning "Arsenal" klubi qishki transferlar oynasida jamoa yarim himoyachisi Granit Jakani sotishni xohlamoqda.

Ingliz klubi rahbariyati shveytsariyalik o'yinchini oldin o'ynagan jamoasi Myunxengladbaxning "Borussiya" klubiga taklif qilishmoqchi.

"Arsenal" xo'jayinlarining bu qarorga kelishida Jakaning muxlislar bilan munosabatlari yomonlashgani ham sabab bo'lgan.

Futbolchi joriy mavsum APLda 9ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail