"Arsenal" Luisga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
24 iyun 2020, 10:20
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati himoyachi David Luisning kelajagi borasida qaror qabul qilishdi.

Xabarlarga ko'ra, 33 yoshli braziliyalik futbolchiga 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi.

Tomonlar o'rtasidagi tuzilgan ayni damdagi bitim iyun oyining so'nggida yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, David 2019 yilning yozida "Chelsi"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Talksport