"Arsenal" futbolchilari Arteta nomzodiga qarshi

17 dek 2019, 23:25
Bu haqida The Mirror nashri xabar qildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi futbolchilari jamoa bosh murabbiyi vazifasi Mikel Artetaga topshirilishiga qarshi. "To'pchilar" yetakchilari katta klublar bilan ishlashda ulkan tajribaga ega bo'lgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini jamoa boshqaruvi uchun eng mos nomzod deb hisoblamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Karlo ota" 11 dekabr kuni "Napoli" klubidagi lavozimidan iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror