APL klublari boshqa mamlakatlarda 39-turni o'tkazmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021, 19:43
Angliya Premer-ligasi turlar sonini ko'paytirib, mamlakat chempionatini xorijda o'tkazmoqchi emas.

Avvalroq Premer-ligada 39-tur paydo bo'lishi mumkinligi, liga o'yinlari boshqa mamlakatlarda o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Bir qator yetakchi klublar marketing va translyatsiyadan yangi daromad olish imkoniyatiga ega bo'lgan bu g'oyani qo'llab-quvvatlashini bildirgan bo'lsa-da, uni FIFA, muxlislar va aksariyat menejerlar qoralashdi.

Buning o'rniga klublar mavsum oldidan o'yinlarni yanada raqobatbardosh qilishni va yozgi turnirlarni chet elda o'tkazishni xohlashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports