Antoni Marsyaldan super start

Tolibjon Qosimov
28 sen 2017, 13:22
Kecha Yevropa yashil maydonlarida YCHL 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Moskvada SSKA jamoasi "Manchester Yunayted"ni qabul qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ana shu bahsda manchesterliklar tarkibida fransiyalik hujumchi Antoni Marsyal Lukakuning har ikki goliga golli pas berdi va o'zi ham penaltidan gol urdi. Shu tariqa, Antoni joriy mavsum MYU tarkibida barcha musobaqalarda jami 353 daqiqa o'ynadi. Shu daqiqalar davomida u 5ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. Yani, Marsyal har 39.2 daqiqada golda ishtirok etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Squawka