Ana xolos. PSJ - "Borussiya" o'yini boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin

Alisher
7 mar 2020, 17:05
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final doirasidagi PSJ va "Borussiya" (Dortmund) jamoalari o'rtasidagi o'yinni ko'chirish haqida o'ylamoqda.

Yevropa futboli mutaxasaddilari o'yinni bir haftaga, yani 11 martdan 17 yoki 18 martga ko'chirishmoqchi. Bunga sabab Yevropada tarqalgan koronavirusdir.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin PSJning Fransiya chempionati doirasidagi "Strasburg"ga qarshi o'yini qoldirilgan edi.

UEFA shuningdek o'yinni Fransiyaning xavfsizroq hududiga ko'chirishni yoki uni boshqa mamlakatda o'tkazish variantini ham ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr