Akmal Xolmatov "So'g'diyona"da

Narzulla Saydullayev
8 fev 2017, 17:28
Jizzaxnig "So'g'diyona" jamoasi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar ikki mahal olib borilib, futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan. Jamoa yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirilgan.

"So'g'diyona" ertaga 9 fevral kuni soat 15:00 "Oq-tepa"dagi sun'iy qoplamali maydonda "Navbahor" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

11 fevral kuni esa "Obod" klubiga qarashli sun'iy qoplamali maydonda "Obod" -"So'g'diyona" bahsi bo'lib o'tadi. Bellashuv soat 15:00 da bo'lib o'tadi.

Kuni kecha "So'g'diyona"ga o'tgan mavsumni "Cementchi" jamoasida o'tkazgan darvozabon Eldor Isaboev  hamda "Navbahor" jamoasi yarim himoyachisi Alisher Mahmudov kelib qo'shilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun jamoaga o'tgan mavsumda "Neftchi" jamoasini sharafini himoya qilgan Akmal Xolmatov kelib qo'shilgan.   

"So'g'diyona" matbuoti xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia