Zidan do'stlariga MYUni boshqarmoqchiligini aytdi

Mirjalol Normatov
24 avg 2018, 14:20
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, fransiyalik mutaxassis mavsum davomida MYU boshqaruvini qabul qilishga tayyorligini do'stlari, yaqinlari va qarindoshlariga ma'lum qilgan. 46 yoshli murabbiyga ayni damda faqatgina mankunianliklar da'vogarlik qilmoqda. Rahbariyat Joze Mourinyoni iste'foga chiqarsa, Zidan jamoani boshqarishi mumkin.

APLning ikki turida "Yunayted" 3 ochko qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail