Joze Mourinyu: "Chempionlik uchun imkoniyatimiz deyarli yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
27 apr 2014, 20:58
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Haqli ravishda g'alaba qozondik deb o'ylayman. Jamoamizning xar bir o'yinchisi borini berib o'ynadi.
Lekin, chempionlik uchun imkoniyat "Chelsi"da deyarli yo'q.

Ammo, shuni ta'kidlab o'tish lozimki, biz bo'lajak chempionlarni o'zaro o'yinlarda mag'lubiyatga uchratdik. Bu "Liverpul" va "Manchester Siti"lardir.
Demba Baning goli ajoyib chiqdi.

Shvarcer esa o'ziga ishonchini oshirish uchun ko'proq o'yinlarda maydonga tushishi zarur. Axir u ancha vaqt maydonga tushmadi", - deb yozadi "Chelsi" jamoasi tvitteri.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net