“Yuventus”ga Fekir kerak

26 apr 2019, 08:59
“Lion” futbolchisi Italiya chempionatida to'p surishi mumkin.

25 yoshli futbolchi va “Lion” o'rtasida futbolchining yozgi transferlar vaqtida jamoadan ketishi borasida kelishuv mavjud. Fekir bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar yil boshida boshlangan, biroq agentlar sabab boshi berk ko'chaga kirib qolgandi. Shundan so'ng futbolchi agenti bilan aloqalarini uzdi, ammo klub bilan muzokaralar yangidan boshlanmadi. Eslatib o'tamiz, Fekirning o'tgan yili “Liverpul”ga transferi amalga oshmay qolgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express