"Yuventus" MYU qiziqayotgan futbolchini ilib ketish payiga tushdi

Mirjalol Normatov
22 may 2018, 21:57
"Yuventus" yozda "Lacio" futbolchisi Sergey Milinkovich-Savichni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Biroq klub futbolchi uchun 100 mln evro to'lay olmaydi. “Calciomercato” xabariga ko'ra, "Yuventus" serbiyalik futbolchi uchun Gonsalo Iguainni sotib yuborishi mumkin. Argentinalik futbolchini esa "Chelsi" transfer qilishni istamoqda. "Yuventus" uni 90 mln evroga baholamoqda.

Oldinroq Savichning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato