"Yuventus" Morataning o'rniga Benzemani olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2016
"Yuventus" murabbiylar shtabi "Real" hujumchisi Karim Benzemaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri agar Alvaro Morata jamoani tark etsa, uning o'rniga fransiyalik forvardni olib kelmoqchi. Ispan OAV bir necha marotaba "Real" Moaratani qaytarish niyatida ekanligini yozdi. "Qirollik klubi" o'z tarbiyalanuvchisini qayta sotib olish huquqiga ega. Ammo Morataning o'zi buni istamaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato