"Yuventus" "Makkabi"ga yutqazgandan keyin o'z qarorgohiga qamalib oldi

Sherzod Nurmatov
13 okt 2022, 16:28
Turin klubi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida "Makkabi"dan uchralgan mag'lubiyatga (0:2) ancha noodatiy munosabatda bo'ldi.

Mahalliy matbuot xabariga ko'ra, to'liq tarkibda Kontinassadagi bazaga qaytdi. Jamoa u yerda keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'radi.

Qarorgohda futbolchilar qoladigan klub mehmonxonasi ham mavjud.

Eslatib o'tamiz, turinliklar navbatdagi o'yinni 15 oktyabr kuni Italiya chempionatida "Torino"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: il BiancoNero