"Yuventus" ham "Barselona" futbolchisiga qiziqib qoldi

Mirjalol Normatov
1 iyun 2020, 19:21
Yarim himoyachi Filippe Koutino Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "Yuventus" futbolchini kelasi mavsumga qadar o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Turinliklar Miralem Pyanich transferi orqali Koutinoning ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Ayni damda "Bavariya" tarkibida ijarada bo'lib turgan braziliyalik futbolchi Myunxenda qolmasligi aniq bo'lib ulgurgan.

27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida Bundesliganing 22 o'yinida 8 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport