"Yuventus" Depay va Paredesni sotib olmoqchi, muqobil variantlar – Milik va Frattezi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2022, 22:19
"Yuventus"ning yangi transfer maqsadlari aniqlandi.

Turin klubi "Ayntraxt" yarim himoyachisi Filip Kostich sotib olinib, Adrien Rabo "Manchester Yunayted"ga sotilganidan so'ng xavbek va forvard bilan shartnoma imzolamoqchi.

Hujum bo'yicha "Yuve"ning asosiy maqsadi – "Barselona" hujumchisi Memfis Depay. Italiyaliklar Niderlandiya terma jamoasi futbolchisiga ikki yillik bitim taklif qilishga tayyor.

"Yuventus" maydon markazini kuchaytirish uchun PSJ futbolchisi Leandro Paredesni tanladi. 

Insayder Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, Depayning muqobili "Marsel" a'zosi Arkadiush Milik, Paredesniki esa "Sassuolo" futbolchisi Davide Frattezi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com