"Yuventus" "Arsenal" va MYU futbolchilari bilan yozda shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2019, 19:15
"Yuventus" yangi futbolchilarni transfer qilmoqchi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, turinliklar Aaron Remzi va Pol Pogba bilan shartnoma imzolamoqchi. Biroq jamoa ularni qishda emas, yozda transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Fransiyalik futbolchi 2012-2016 yillar davomida turinliklar sharafini himoya qilgan.

Ammo, "Yuventus" ushbu ikki futbolchini transfer qilishidan oldin Miralem Pyanich va Sami Xedira bilan xayrlashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport