
Xabaringiz bor joriy yilda xam "Nafis" mini-futbol klubi O'zbekiston XIX-chempionatida ishtirok etadi. Mavsum oldidan Samarqandliklar bir qator tajribali futzalchilarni o'z tarkibiga jalb etdi. Jamoa tarkibiga yaqinda qo'shilgan O'zbekiston milliy terma jamoa a'zosi Maqsud Fayzullayev endilikda "Nafis" MFK tarkibida xarakat qiladi. O'tgan mavsumda Maqsud Fayzullayev Buxoroning "Kogon" jamoasi tarkibida xarakat qilgan edi.