Yana bir futbolchimiz Hindiston klubi bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2022, 00:26
Sardor Jahonov ham legionerga aylandi.

O'tgan mavsum dastlab “Xorazm” va keyinchalik Qirg'iziston chempionati a'zosi “Kaganat” klublarida o'tkazgan yarim himoyachi Sardor Jahonov Hindistonda to'p tepmoqda. 

25 yoshli yarim himoyachi Hindiston I ligasi ishtirokchisi “Rajastan Yunayted” bilan shartnoma imzoladi.

Bu esa Hindiston chempionatida o'ynayotgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi. Jahonov bilan birgalikda bu yerda Akobir To'raev ham faoliyatini davom ettirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia