Xulen Lopetegi: “Sevilya” “Real”dan kuchli edi

27 sen 2018, 08:44
Madridliklar bosh murabbiyi “Sevilya”dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“Biz raqib darvozasiga hujum qilishni rejalashtirgandik, ammo hech bir rejamiz o'xshamadi. “Sevilya” kuchli chiqdi. Marseloning jarohati? Unga dam olish yordam beradi, lekin baribir tibbiy tekshiruvlar natijasini kutish lozim. “Atletiko M”ga qarshi o'yinga odatdagidek tayyorlanamiz. Biz g'alaba qozonganimiz yoki yutqazganligimiz muhim emas, keyingi o'yinga tayyorgarliklar uchun bular ta’sir qilmaydi. Chempionatda mag'lubiyatlar bo'ladi va biz boshimizni pastga tushurmoqchi emasmiz. Imkoni boricha “Atletiko”ga qarshi ko'proq tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz”,-dedi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca