“Xotira-79” kecha Uychi tumanida emas, Namangan shahrida o'ynadi. Nega?

Narzulla Saydullayev
28 avg 2018, 16:40
Ma'lumki, kecha PRO-Liganing “B” guruhida 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Moliyaviy inqirozlarni boshdan kechirayotgan “Xotira-79” bir amallab PFL oldidagi qarzlarini ma'lum miqdorda to'lashga erishdi.

Shu bois O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Uychi tumani jamoasiga 23-turda ishtirok etishiga ruhsat bergan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bir kun oldin ham futbolchilarga “Iftixor” bilan o'ynash yoki o'ynamaslik haqida aniq gap aytilmagan. Shu bois “Xotira-79” o'yinchilari uchrashuvi kuni tushlikdan so'ng to'g'ri Namanganda yig'ilgan. Shunga qaramay Kamol Jo'nashev shogirdlari “Iftixor”ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchrata oldi. Yaxshi bilasiz, “Xotira-79” Namangan viloyatining, Uychi tumani jamoasi hisoblanadi. Biroq kecha jamoa raqibini Namangan shahridagi “Barkamol avlod” stadionida qabul qildi.

“Xotira-79” jamoasi rasmiylari bilan bu borada suhbatlashganimizda, Uychi tumanidagi “Paxtakor” stadionida bugun mustaqillik bayrami o'tkazilishi munosabati bilan tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan ekan. Shuning uchun “Xotira-79” – “Iftixor” bellashuvi Namangan shahriga ko'chirilgan.
Lekin o'yin oldidan bu borada hech qayerda e'lon berilmadi. Tabiiyki Uychi tumanidagi muxlislar ham uchrashuvga oz muddat qolganida xabardor bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia