

Birinchi bosqich 2024 yilning 18-28 dekabr kunlari Urganch shahrida tashkil etildi. Mazkur yig'inda asosiy urg'u mahalliy yosh futbolchilar qaratildi.
Ikkinchi bosqich mavsum oldi o'quv-yig'in mashg'ulotlari joriy yilning 5-16 yanvar sanalarida Toshkent shahrida tashkil etiladi. Ushbu yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
8 yanvar
Xorazm - Dinamo
12 yanvar
Xorazm - Qo'qon-1912
16 yanvar
Xorazm - Lokomotiv
Uchinchi bosqich 19 yanvardan 1 fevralgacha Toshkent shahrida bo'lib o'tishi belgilangan. 2-3-bosqich o'quv yig'in mashg'ulotlarida jismoniy tayyorgarlikka ko'proq e'tibor qaratiladi.
20 yanvar
Bunyodkor - Xorazm
Shuningdek, yana bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
To'rtinchi va beshinchi bosqich yig'inda asosan texnika hamda taktika bo'yicha mashg'ulot bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Oxirgi hal qiluvchi o'quv yig'in mashg'ulotlarida Xorij davlatida va Urganch shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.



