Xoland APLdagi 50 golini urdi. "Siti" hujumchisi bu natijaga eng tez erishgan forvard bo'ldi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2023, 19:45
Erling Xoland APL o'yinlari doirasida o'zining 50 golini urdi.
"Manchester Siti" hujumchisi "Liverpul"ga qarshi bahsda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Norvegiyalik APL doirasida o'tkazgan 48ta o'yinida 50ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Norvegiyalik bu natijaga eng tez erishgan hujumchiga aylandi.

Avvalgi rekord Endi Koulga (65ta bahs) tegishli edi. Alan Shirerga bu natijaga erishish uchun 66ta o'yin, Rud van Nistelroyga 68ta uchrshuv kerak bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru