Xedira Fransiya jamoasiga o'tishga yaqin bo'lgandi

Mirjalol Normatov
8 sen 2019, 14:14
"L’Equipe" xabariga ko'ra, yozgi transferlar oynasi vaqtida Sami Xedira "Yuventus"dan "Lion"ga o'tishga yaqin kelgan.

Qayd etilishicha, tomonlar transfer borasida kelishib olishgan. O'z navbatida futbolchi ham shartnoma shartlariga ko'ngan. Biroq so'nggi paytda "Lion" bosh murabbiyi Silvino transfer bekor qilinishini talab qilgan.

Bunga sabab sifatida Xediraning ko'plab jarohatlar olishini keltirgan. Oldinroq Xedira ushbu mavsumda "Yuventus"ning rejalarida emasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Еquipe