Xavi, Pirlo, Martines, ten Xag - "Barselona" bosh murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar

Sherzod Nurmatov
5 okt 2021, 22:10
"Barselona" bosh murabbiy Ronald Kuman o'rniga olib kelinishi mumkin bo'lgan mutaxassislar yakuniy ro'yxatini shakllantirib oldi.

Insayder Fabricio Romanoning aytishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyligiga da'vogarlik qilayotgan murabbiylar:

Xavi - klub bu variant masalasida 100 foizlik to'xtamga kelmagan;

Roberto Martines - nomzod, ammo Belgiya futbol federatsiyasi bilan kelishish mushkul;

Erik ten Xag - niderlandiyalik Laportaga yoqadi, biroq Erik "Ayaks"ni mavsum o'rtasida tark etishni xohlamaydi;

Shuningdek, ro'yxatda Andrea Pirlo nomi ilgari surilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano