Xaverc: “Chelsi”dek jamoada o'ynarkansan, doim sovrin yutish haqida o'ylaysan”

21 mar 2021, 09:52
“Chelsi” yarim himoyachisi Kay Xaverc Angliya kubogi chorak finalida “Sheffild Yunayted”ga qarshi bahs oldidan London jamoasining ushbu turnirdagi maqsadi haqida gapirdi.

“Angliyada raqobat judayam kattaligini bilaman. Ilgari ushbu musobaqani TV orqali kuzatganman. “Chelsi”da sovrin yutishni judayam istayman. Bu jamoada to'p teparkansan, aynan  orzularing ushalishini istaysan. Biz hozir yaxshi holatdamiz, ammo oldimizda uzoq va mashaqqatli yo'l bor.

Har bir uchrashuvga   finalga chiqqandek chiqishimiz lozim. Ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi. Keyingi bosqichga chiqish uchun oldimizdagi uchrashuvda g'olib chiqishimiz kerak. O'ylaymanki, yakshanba bizning kunimiz bo'ladi va biz keyingi bosqichga yo'l olmiz”, deya Xaverecning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda London klubi rasmiy sayti.

Angliya kubogi chorak finalidan o'rin olgan “Chelsi”- “Sheffild Yunayted” bahsi bugun, 21 mart kuni bo'lib o'tadi. Bellashuvga soat 18:30 da start beriladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Челси" клуби расмий сайти