Xaver Ernandes: “Meksika terma jamoasi mundialda kutilmagan syurpriz bo'lishi mumkin”

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014, 16:18
Meksika terma jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes o'z jamoasi Jahon chempionatida yaxshi natijaga erisha olishiga ishonadi.
Meksika guruhda Braziliya, Xorvatiya va Kamerun bilan kuch sinashadi.

“Bizning jamoa mundialda yaxshi ishtirok etishiga ishonaman, Meksika kutilmagan syurprizlarga qodir. Jamoada ajoyib futbolchilar avlodi yig'ilgan va ularning ko'pchiligi Yevropa klublarida to'p suradi. Mundialda g'olib bo'lish uchun jamoalarda imkoniyat teng. Buning isboti sifatida 2010 yilgi Jahon chempionatida favoritlar safiga qo'shishmagan Urugvay terma jamoasini keltirishim mumkin. Urugvayning to'rtinchi o'rin olishini hech kim kutmagan edi”, - deydi Ernandes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com