

So'nggi mavsum oxirida 67 yoshli fransiyalik klubni tark etishi mumkin edi.
"Klubda meni o'rnimga keladigan inson jamoani yangi darajaga olib chiqishini istayman. Shunchaki mendan so'ng jamoaga keladigan odam buni uddalashiga va yaxshi ishlashga qodirligiga ishonmoqchiman" - deydi Venger.
Arsen Venger 1996 yildan beri "Arsenal"ni boshqaradi. Londonliklar uning qo'l ostida 3 marotaba Angliya chempionatida, etti bora Angliya Kubogida va yana shuncha Angliya Superkubogida g'olib bo'lishdi.



