Vardi "Vest Xem"ga qarshi o'yinni shaxsiy sabablarga ko'ra o'tkazib yubordi

29 dek 2019, 00:04
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi ayni daqiqalarda davom etayotgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.

"Bugun Vardi farzandli bo'ldi. Hozir u oilasi bilan. Ularni tabriklayman!" – dedi "tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojers uchrashuv boshlanishidan oldin.

Eslatib o'tamiz, Vardi APLning ortda qolgan 19 turidan keyin 17 gol bilan musobaqa to'purari bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports