“Chelsi”dan haydalgan Potter APL klubini boshqarishdan bosh tortdi

Khoja
4 apr 2023
Grem Potter ishdan olingan kuni “Lester” jamoasi ham o'z bosh murabbiyi Brendan Rojers bilan shartnomani bekor qilgandi.

TalkSPORT xabariga ko'ra, “Lester” anchadan beri Potterga qiziqib kelgan va murabbiy ishsiz qolganidan so'ng  uning menejerlariga taklif bilan chiqishdi. Biroq britaniyalik murabbiy bu taklifni qabul qilmadi, u tezda yana bosh murabbiylik kursiga o'tirishni istamagan va biroz muddat dam olishini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, “Lester” APLdagi so'nggi oltita uchrashuvda g'alaba qozona olmadi va turnir jadvalining 19 pog'onasida ketmoqda.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru