Brendan Rojers yanvarda talash bo'ladigan futbolchi kimligini aytdi

Sherzod Nurmatov
8 okt 2022, 11:31
"Lester" ustozi Brendan Rojers jamoa yarim himoyachisi Jeyms Meddison yanvarda e'tibor markazida bo'lishini aytib o'tdi.

"Tulkilar" bosh murabbiyi kelayotgan transfer oynasida futbolchini saqlab qolish juda murakkab ekanini tan oldi. Yozda Premer-ligadagi raqibi "Nyukasl"ning 25 yoshli futbolchi uchun 2 ta taklifi rad etildi. 

Meddisonning mavsumni ajoyib boshlagani tufayli boshqa qo'shimcha takliflar ham tushishi kutilmoqda. 

"U siz hech qachon yo'qotishni istmaydigan o'yinchilardan biri", – dedi Rojers ingliz futbolchisiga bo'lgan qiziqish haqida. 

Angliya Premer-ligasi 2022/23 yilgi mavsumda shu paytga qadar 7 ta o'yinda ishtirok etgan Meddison xuddi shuncha samaradorlik (5+2) ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail