Van Prag, Vilyar va Seferin UEFA prezidenti bo'lishga da'vogar

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2016, 09:27
UEFA matbuot xizmati sentyabr oyida tashkilotga yangi prezident saylanishini ma'lum qildi.

UEFAning yangi rahbari bo'lish uchun Aleksander Seferin (Sloveniya futbol ittifoqi prezidenti), Maykl van Prag (Gollandiya futbol ittifoqi) va Anxel Mariya Vilyar Lona (Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti) da'vogar bo'lib turishibdi.

Yangi prezident saylovi UEFAning 12-navbatdan tashqari kongressi chog'ida, 14 sentyabr kuni Afinada bo'lib o'tadi.

UEFA Prezidenti avtomatik tarzda FIFA kengashi vice-prezidentiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com