Van Deyk va Xenderson "Milan"ga qarshi Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
7 dek 2021, 18:01
"Liverpul" o'yinchilari Virjil van Deyk va Jordan Xenderson "Milan"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 6-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishadi.

Van Deyk va Xenderson Milanga kelishmadi, sababi jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp tarkibda rotaciya amalga oshirmoqchi.

"Liverpul" guruh bosqichida 5 turdan so'ng 15 ochko jamg'argan holda birinchi o'rin bilan B guruhida keyingi bosqichga chiqishni kafolatlagan. "Milan" esa 4 ochko bilan guruhda 3-o'rinda.

"Liverpul" va "Milan" o'rtasidagi o'yin bugun "San-Siro" stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo