"Ufa"ni boshqarishi kutilayotgan murabbiy nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
5 apr 2021
"Ufa"da Rashid Rahimovning o'rnini egallashi kutilayotgan murabbiy nomi ma'lum qilindi.

Rossiya matbuotining yozishicha, Boshqirdiston jamoasini katta ehtimol bilan "Veles" ustozi Aleksey Stukalov boshqaradi.

37 yoshli mutaxassis Vadim Evseevning ketganidan keyin ham jamoaga chaqirilgan, ammo tomonlar kelisha olishmagandi.

Rashid Rahimov esa shanba kuni "Dinamo"ga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyatdan keyin iste'foga chiqarilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru