Tuxel, Allegri, Rojers va Xazenxyuttl - "Chelsi" murabbiyligi uchun da'vogarlar

Alisher
5 yanv 2021, 15:33
"Chelsi" yaqin vaqtlarda Frenk Lempardni bosh murabbiylikdan olmoqchi emas, ammo boshqa da'vogarlarning vaziyatlarini kuzatib boradi.

Angliyalik mutaxassis iste'foga chiqqan taqdirda "Chelsi"ning ehtimoliy bosh murabbiyi Tomas Tuxel, Massimiliano Allegri, Brendan Rojers ("Lester") va Ralf Xazenxyuttl ("Sautgempton")dan biri bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga London klubi tezkor harakat qilmoqchi emas. Rahbariyat jamoaning hozirgi holatidan va natijalaridan havotirda, ammo Lempardga ishonch saqlanib qolmoqda.

"Manchester Siti" (1:3)dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Chelsi" APLda 17-turdan so'ng 9-o'rinni egallab turibdi. Jamoa chempionatdagi so'nggi 6ta o'yinning 4tasini boy berdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: independent.co.uk