
2016 yilning 31 avgust kuni Antalyada ushbu jamoalar o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tishi rejalashtirilgan.
"Rossiya terma jamoasini qabul qilishdan xursand bo'lamiz, chunki bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs 22 yil oldin Anqarada bo'lgan. Sizning jamoangiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni biz bilan boshlashidan faxrlanamiz. JCH-2018 boshlanishidan oldin Rossiyada yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirganmiz" - deyiladi Turkiya futbol federatsiyasi bayonotida.