Trent Bellingem bilan do'stligi sabab "Real Madrid"ga o'tishi mumkin

Administrator
20 iyul 2024, 00:46
Bunga Bellingem bilan do'stlik asosiy sabab bo'lishi mumkin.

"Liverpul" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Madridning "Real" klubiga o'tishi mumkin. Angliya terma jamoasining bir necha futbolchilari shunday fikrni bildirishmoqda.

Gap shundaki, Jud Bellingem va Trent Aleksander-Arnold o'rtasida juda iliq do'stlik munosabatlari bor. Bu narsa esa ko'pchilikning fikricha, ikki futbolchining "Real"da o'ynashiga olib kelishi mumkin. Ma'lumot uchun, Trent Aleksander-Arnoldning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir mavsum qoldi. 

Ma'lumot uchun, avvalroq, "Real"ni Trent Aleksander-Arnold transferi qiziqtirishi mumkinligi xabar qilingandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Independent