Dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri "Real"da o'ynamoqchi

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026, 08:55
Trent Aleksander-Arnoldning o'tgan yozda "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi u qadar muvaffaqiyatli chiqmadi va "Enfild" sobiq yulduzi uchun vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

"TEAMTalk" xabariga ko'ra, Ashraf Hakimi "Bernabeu"ga qaytishga tayyor. 27 yoshli marokashlik o'ng qanot himoyachisi Madrid klubi tarbiyalanuvchisidir, u 2020 yilda klubni tark etgan.

Afrikalik himoyachi ushbu mavsum PSJ tarkibida 24 o'yinda 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2.jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMTalk