"Lokomotiv" futbolchisi Islom To'xtaxo'jaev jarohati sababli terma jamoa safida Bahrayn hamda milliy chempionatimizda "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmagandi.
"Temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaevning ma'lum qilishicha, himoyachi "Sepaxon"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'ladi.