"Tottenxem" Messi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
9 avg 2021, 07:28
"Tottenxem" "Barselona" sobiq forvardi Lionel Messi uchun da'vogarlik qilmoqda.

London klubi o'yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi va bu borada PSJ bilan raqobatlashishga tayyor. Oldinroq, argentinalikning francuz klubiga o'tishga yaqinligi xabar berilgan edi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Sante klubda katta transfer byudjeti oldi. Bundan tashqari, jamoa "Manchester Siti"ga o'tishni xohlayotgan Xarri Keynni yo'qotishi mumkin.

"Barselona" 5 avgust kuni 34 yoshli argentinalik futbolchining ketishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN