"Tottenxem" "Barselona" futbolchisi uchun 75 million sarflashi mumkin

Alisher
24 okt 2019, 18:18
"Tottenxem" "Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya bilan shartnoma imzolamoqchi.

Kataloniya klubi 21 yoshli ispaniyalik o'yinchini 75 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.

"Shporlar" Alenyani jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Daniyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Alenya esa joriy mavsum "Barselona" tarkibida atigi 1ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca