Karles Alenya faoliyatini La Liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 dek 2020, 09:19
Futbolchiga La Liga jamoalaridan qiziqish bor.

“Barselona” yarim himoyachisi Karles Alenya qishki transferlar oynasi vaqtida boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Qayd etilishicha, Kataloniya klubi Alenyaning ijara bo'yicha boshqa jamoaga o'tishiga imkoniyat beradi. Futbolchini “Xetafe” o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum “Barselona” safida barcha musobaqalarda 5 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo