

"Men hozir "Boka Xuniors"ga o'tishni xohlayman. 25 yoshman va muxlislarni xursand qilmoqchiman. Bu oson bo'lmasligini bilaman. "Boka" va "Arsenal" ijara borasida kelishishi kerak", - deydi Torreyra.
Futbolchining Argentinaga yo'l olish xohishiga yaqindagi bo'lib o'tgan onasining o'limi va APLga qaytishni xohlamayotgani sabab bo'lmoqda. U "Atletiko"da qolishni xohlar edi, ammo u Simeonening ishonchini qozona olmadi.
Torreyra "Atletiko"ga 2020 yilning oktyabrida o'tgan edi. Xavbek Madrid klubi safida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.



