Tojikiston chempionati boshlandi. U yerda 28 nafar o'zbekistonlik futbolchi bor

Narzulla Saydullayev
4 apr 2022, 11:25
2 aprel kuni Tojikiston chempionatida yangi mavsum bahslariga start berildi.

E'tiborlisi shundaki, bu mavsum qo'shni chempionat klublari 59 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazdi. Shundan 28 nafarini o'zbekistonlik futbolchilar tashkil qiladi. Aytish kerakki, bu yerda legionerlar limiti 7 nafarni tashkil qilib, shundan 5tasi maydonda to'p tepishi mumkin. Qolgan ikki nafari zaxiradan maydonga chiqadi.

Quyida o'zbekistonlik futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

“Istiqlol”: Muhammad Isaev
“Xo'jand”: Samandar Ochilov, Firdavs Abdusalimov, Shohruh Mahmudxojiev
SSKA: Azamat Ahmedov
“Istaravshan”: Javohir Rasulov, Otabek Zokirov, Nodir Kamolov.
“Xatlon”: Jamshidbek Xomidov, Rustam Qo'chqorov
“Esxata”: Shahzod Abdurahimov, Sanjar Rixsiboev, Shahzod Mamurjonov, Jahongir Safarov, O'ktam Xazratov, Dilshod Xushbakov.
“Fayzqand”: Mirkomil Loqaev, Amirjon Safarov, Anvar Murodov.
“Regar TaDaz”: Jafar Ismoilov, Sergey Proxorov, Saveliy Abramov.
“Ravshan” (Zafarobod”): Muhriddin Ahmedov, Zufarjon Akbaraliev, Dostonbek Berdiqulov, Javohir G'aybullaev, Zafar Qoraqulov, Behruz Do'stmurodov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia