Ter Shtegen: "Klubning qarzlari mavzusini kiyim almashtirish xonasiga olib kirmaymiz"

Mirjalol Normatov
7 may 2021, 00:55
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen klubning moliyaviy qarzlari borasidagi savolga javob berdi.

- "Barselona"ning qarzi 1 mlrd evroga yaqin bo'lmoqda. Bu shartnoma uchun muzokaralarda o'z ta’sirini o'tkazadimi?
- Ha. Haqiqatdan ham qarz juda katta. Biz bu mavzuni kiyim almashtirish xonasidan uzoq saqlayapmiz. Vazifamiz - futbol o'ynash. Bizga shuning uchun pul to'lashadi. Shu boisdan men ofis bo'limi ishchisi yoki biror rahbar emasligimdan xursandman. Bunday vazifalarni men hal qila olmayman.

Biz klub va muxlislar oldida qarzdormiz. Klubning hozirgi holati muzokaralarda juda katta ta’siri bo'ladi. Ammo muxlislarsiz o'tayotgan bir davrda klubdagilar o'tish davri uchun yaxshi qarorlar chiqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal